1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Alohida munosabatlar belgisi". Zelenskiy Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi

Unda "Rossiya bosqini" ham muhokama qilingan.

"Alohida munosabatlar belgisi". Zelenskiy Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi

2 yanvar kuni AQSH prezidenti Jozef Bayden va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Unda Rossiya bilan bo‘lajak muzokaralar, Donbassdagi vaziyat hamda Ukraina suvereniteti markaziy mavzulardan bo‘ldi.

 

“Tomonlar keyingi haftada boshlanadigan Jenevadagi strategik barqarorlik bo‘yicha ikki tomonlama (Rossiya-AQSH) muloqotni, Rossiya-NATO kengashi, shuningdek, YEXHT bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarni qo‘llab-quvvatladi. Prezident Bayden AQSH va uning ittifoqchilari “sizning ishtirokingizsiz siz haqingizda hech narsa” tamoyiliga sodiq ekanini yana bir bora maʼlum qildi”, – deyiladi Oq uy matbuot xizmatida.

 

Shu bilan birga Amerika yetakchisi Ukraina suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qo‘llab quvvatlashini taʼkidlagan. Bayden Rossiya tomonidan Ukrainaga hujum uyushtirilgan taqdirda Vashington va ittifoqchiaar qatʼiy javob berishini alohida qayd etgan.

 

Vladimir Zelenskiy o‘z navbatida AQSH rahbari bilan islohotlar va oligarxlarga qarshi kurash masalasini ham muhokama qilgan. U Bayden bilan telefon muloqoti ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar alohida xarakterga ega ekanini taʼkidlagan.

 

Avvalroq Ukrainada Rossiya kemalariga qarshi qaratilgan yangi qonun kuchga kirgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика