1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Altsgeymerdan 70 foizgacha himoya qiluvchi gen varianti topildi

Ushbu kashfiyot bu kasallikni yana-da samarali davolashga olib kelishi mumkin.

Altsgeymerdan 70 foizgacha himoya qiluvchi gen varianti topildi

Fibronektin oqsilini ishlab chiqaruvchi FN1 genining yaqinda kashf etilgan varianti altsgeymer kasalligining rivojlanish ehtimolini 70 foizgacha kamaytiradi. Ushbu kashfiyot bu kasallikni yana-da samarali davolashga olib kelishi mumkin.

 

Kolumbiya universiteti olimlari maʼlum bir guruh: APOEe4 deb nomlangan genning boshqa variantiga ega bo‘lgan, lekin hech qachon alsgeymer kasalligi rivojlanmagan insonlarni diqqat bilan o‘rganib chiqdilar. Maʼlumot uchun aytib o‘tish joizki, APOEe4 altsgeymer kasalligi xavfini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqotdagi insonlarda shu gen bo‘lsa-da, ular bu xastalikka duchor bo‘lmaganini hisobga olgan holda olimlar ularda kasalikka qarshilik qiluvchi nimadir borligini taxmin qilishdi.

 

Haqiqatan ham, 10 mingdan ortiq kishining genomlari ketma-ketligi APOEe4 geni bo‘lgan odamlarda FN1 aniq variantining himoya taʼsirini aniqladi. Olimlarning taxminicha, FN1 varianti miyadagi Fibronektin miqdorini tartibga solishga yordam beradi.

 

“Bu natijalar bizga fibronektinga qaratilgan va himoya variantini taqlid qiluvchi terapiya odamlarni bu kasallikdan kuchli himoya qilishi mumkin degan fikrni berdi”, — deydi Kolumbiya universiteti nevrologi Richard Maye.

 

G‘oya shundan iboratki, fibronektinning o‘ta ko‘p bo‘lishi miyaning xavfli moddalarni, ayniqsa, altsgeymer kasalligi rivojlangan odamlar miyasida sezilarli darajada to‘planadigan beta-amiloid oqsillarini yuvib yuborish qobiliyatini susaytirishi mumkin.

 

“Biz ortiqcha Fibronektin miyada to‘plangan amiloidlarni tozalashga xalaqit berishi mumkin degan fikrga keldik, — deydi Kolumbiya universiteti nevrologi Kagan Kizil. — Fibronektin ortib ketishini oldini oladigan har qanday muolaja himoyani taʼminlaydi va buni amalga oshiradigan preparat bu kasallikka qarshi kurashda oldinga muhim qadam bo‘lishi mumkin”.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика