1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Amaldor ham odam: unga ham sovg'a berilishi mumkin

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi buning shartlarini ochiqladi.

Amaldor ham odam: unga ham sovg'a berilishi mumkin

 

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi davlat xizmatchilariga berilishi mumkin bo‘lgan sovg‘alar to‘g‘risidagi hujjat loyihasini e’lon qildi.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, sovg'aning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari(1,5mln so'm)dan oshmasligi kerak. Agar sovg'aning qiymati chegaradan oshib ketgan bo'lsa, belgilangan miqdordan oshgan qismi davlat xizmatchisi tomonidan davlat tashkilotiga toʻlash orqali sovgʻani berishi mumkin.

 

Delegatsiyalar yoki boshqa mamlakatlarga sayohat qiluvchi shaxslar bular qatoriga kirmaydi. Tashrif buyurilgan davlatning ramzlari va logotiplari tushirilgan sovg'a, suvenirlar uchun qiymat belgilanmaydi.

 

Xizmat safari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan davlat xizmatchilariga sovg‘alar quyidagi tartibda qabul qilinadi:

 

  • O‘zbekiston qonunchiligi va davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlari talablariga rioya qilgan holda;

  • muayyan voqea, hodisa, shuningdek, ular belgilangan miqdordan oshmasa va hashamatli buyum bo'lmasa;

  • sovg'a davlat xizmatchisining shaxsiy hisobidan amalga oshirilmasligi kerak;

  • tabrik nutqi bilan birga, unda sovg'ani taqdim etish uchun asos bo'lib xizmat qilgan voqea aniq ifodalanishi kerak.

 

Quyidagilarni berish taqiqlanadi:

 

  • naqd yoki naqdsiz pul;

  • qimmat baho qog'ozlar;

  • kriptovalyuta;

  • barcha turdagi o'qotar qurollar va qirrali qurollar, o'q-dorilar;

  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, kuchli ta'sir etuvchi vositalar;

  • pornografik va diniy ekstremistik xarakterdagi nashrlar va materiallar.

 

Davlat amaldori sovg‘a qiymatini so‘rashi yoki ekspertizadan baho berish uchun taqdim etishi shart. Yuqoridagi talablarni buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика