Amazon avvalroq 10 ming xodimini qisqartirishini eʼlon qilgan edi. Endi bu raqam 8 mingga ko‘payadi va 18 ming xodim qisqartiriladi. Bu haqda kompaniyaning onlayn sotuvlar bo‘yicha bosh direktori Endi Jessi maʼlum qildi.
Jessining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror 2023-yilga mo‘ljallangan reja doirasida «iqtisodiyotdagi noaniqlik va so‘nggi ikki yil ichida ko‘plab xodimlarning ishga olinishi» tufayli qabul qilingan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, Amazon rahbariyati bir nechta pozitsiyalarni «keyinchalik yo‘q qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Umumiy savdo va kadrlar bo‘limidan 18 mingdan ortiq xodim ishdan bo‘shatiladi.
So‘nggi ikki yil ichida Amazon xodimlari soni koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn xizmatlarga talab ortishi sababli qariyb ikki baravar oshdi. Bundan tashqari, sanitariya cheklovlari olib tashlanganligi sababli kompaniya daromadlarining o‘sishi sekinlashdi.
The Wall Street Journal maʼlumotlariga ko‘ra, Amazonda 2022-yil sentabr holatiga ko‘ra jami 1,5 millionga yaqin odam ishlaydi.


