1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Amerika qaytdi”: Tramp Kongressda nutq so‘zladi

Unda ko‘pchilik prezidentga norozilik bildirgan.

“Amerika qaytdi”: Tramp Kongressda nutq so‘zladi

Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi maʼmuriyat atigi bir necha hafta ichida ilgari hech qaysi hukumat yillar davomida erisha olmagan natijalarga erishgan.

 

“Amerika orzusini to‘xtatib bo‘lmaydi va mamlakatimiz shunday ulkan qaytish arafasida turibdiki, dunyo tarixida hech kim bunaqasini ko‘rmagan, ehtimol, bundan keyin ham ko‘rmaydi”, — deya taʼkidladi prezident.

 

Demokratlar partiyasi vakillari norozilik bildirib, Trampni hushtakbozlik bilan kutib oldilar. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson tartibni saqlashga chaqirdi va prezident nutqini buzishga uringanlarni zaldan chiqarib yuborish bilan tahdid qildi.

 

Demokratlar partiyasidan Kongress aʼzosi El Grin o‘z joyiga o‘tirishdan bosh tortgach, Jonson “Bu janobni zaldan chiqarib yuboring”, deb talab qildi. Shundan so‘ng, Tramp o‘z nutqini davom ettirdi.

 

Ushbu nutq Trampning Oq uyga qaytganidan keyin Kongressdagi birinchi chiqishi hisoblanadi. Bu anʼanaviy tadbir bo‘lib, unda prezident o‘zining dastlabki bir necha haftalik faoliyati natijalarini sarhisob qiladi. Tramp 44 kundan beri prezident lavozimida ishlamoqda.

 

Maʼlumot uchun, Donald Trampning Kongressdagi ilk nutqi taxminan bir soat davom etgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика