Amerika Qo'shma Shtatlari milliy strategik zaxiradagi 50 million barrel neftni sotadi. Bu haqda prezident Jo Bayden ma'lum qildi.
Ushbu chora jahon bozorida neft taklifini ko'paytirish va shu tariqa yoqilg'i narxini pasaytirishga qaratilgan.
"Bugun men ta'minotni ta'minlash va talabning nomuvofiqligini bartaraf etish uchun AQShning strategik neft zaxirasining katta qismi bozorga chiqarilishini e’lon qilaman", – deydi Jo Bayden
Hozir AQSh zahiralarida olti yuz besh million barrel neft mavjud. Baydenning rejasiga ko'ra, Oq uy o'n sakkiz million barrelini bozorga chiqarishni tezlashtiradi va keyingi yilning yanvar-aprel oylari orasida yana 32 million barrel sotadi. 2024 yilgacha zaxiralarni qayta tiklash rejalashtirilgan. Shuningdek, bir qator boshqa davlatlar, jumladan Hindiston, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi va Yaponiya ham neft zaxiralarining bir qismini sotadi. Mutaxassislarning fikricha, OPEK+ mamlakatlari bunga javoban ishlab chiqarishni qayta tiklash hajmini kamaytirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq dunyoning yirik neft kompaniyalari 6 oyda 825 milliard dollar ishlab olgani xabar bergan edik.
Shuningdek, qish mavsumida Yevropada gaz tanqisligi yuz berishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi.
Nasiba To'xtayeva


