1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qish mavsumida gaz tanqisligi yuz berishi mumkin

AQSH Davlat departamentining energiya xavfsizligi bo‘yicha katta maslahatchisi Amos Gokshteyn ana shunday fikr bildirdi, deb yozadi “Finansial Times.”

Qish mavsumida gaz tanqisligi yuz berishi mumkin

 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tanqislikka Rossiya Yevropa bozoriga yetarlicha yoqilg‘i yetkazib bermagani sabab bo‘lgan va bu oxir-oqibat uning narxi oshishiga olib kelgan.

 

"Agar yanvar va fevral oylarida qish sovuq kelsa, mintaqada zaxiralar tugashi mumkin. Bu anchayin xavotirlidir ", dedi Gokshteyn.

 

U AQSH Yevropaning Rossiyadan energiya taʼminotiga bog‘liqligidan xavotirda ekanini bildirgan.

 

Bundan avval gaz narxi juda yuqori ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi. O‘tgan haftada Yevropada kim oshdi savdolarida ming kubometr gaz narxi 710 dollardan oshdi.

 

Shu bilan birga, Gazprom SP-2 qurilishi yakunlanganini eʼlon qildi. Rossiya gaz quvurining qurilishi 10 sentyabr kuni yakunlangan.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика