1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikalik ayol bemor erini otib o'ldirdi

Buni erining o'zi iltimos qilgan.

Amerikalik ayol bemor erini otib o'ldirdi

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Florida shtatida yashovchi ayol betob bo‘lgan erini o‘ldirdi

 

76 yoshli Ellen Gilland jinoyatni Daytona-Bichdagi shifoxona xonasida sodir etgan. Tergov ma’lumotlarida keltirilishicha, ayol o'zining 77 yoshli eri Jerri Gilland iltimosiga ko'ra uni otib tashlagan. Jerri salomatligi yomonlashsa, xotinidan otib o'ldirishni so'ragan.

 

Qotillikdan keyin ayol o'z joniga qasd qilmoqchi edi, lekin rejasini amalga oshira olmadi. Keksa ayolni erining xonasidan olib chiqib, hibsga olish uchun politsiyaga to‘rt soat vaqt kerak bo‘ldi.

 

Gilland xonim dastlab birinchi darajali qotillikda ayblangan va garov rad etilgan. Biroq sudya ayolga qo‘yilgan ayblovni o‘z joniga qasd qilishga ko‘maklashish, og‘ir tajovuz va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan og‘ir tajovuz qilish ayblovlari bilan o‘zgartirdi.

 

Keyinchalik ayol 150 ming dollar garov evaziga ozod qilindi. Gilland kuzatuv ostida bo'ladi. U dori-darmonlarni qabul qilishi, o'qotar qurol saqlashi va qo'llashi, zarurat bo'lmasa, shifoxonalarga borishi taqiqlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика