1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Milliarder Jeff Bezosning to'yi sabab Venetsiya qisman yopildi

Amazon asoschisi Jeff Bezos va jurnalist Lauren Sanchesning Venetsiyada bo'lib o'tadigan nikoh marosimi arafasida jamoatchilik e’tiborini tortgan voqealar ro‘y bermoqda.

Milliarder Jeff Bezosning to'yi sabab Venetsiya qisman yopildi

 

Uyushtirilayotgan uch kunlik to‘y marosimining xavfsizligi keskin oshirilgan. Tadbirlarning boshlanishi Madonna dell’Orto cherkovida, davom ettirish San Giorgio oroli va yakuniy tantana Venetsiya tarixiy Arsenal hududida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bergan.

 

Xabarlarga ko‘ra, norozilar guruhlari to‘yni “ Boylar Venetsiyani o'zlari uchun xususiy bog‘ga aylantirmoqda” deb tanqid qilishmoqda. Bu esa tadbir xavfsizligini keskin kuchaytirishga sabab bo‘ldi. Bezos xavfsizlik xizmatlari orqali butun Aman Venice mehmonxonasidagi xonalar va koridorlarni tozalatgan, hattoki shkaflar, ramka orti devorlar ham tekshiruvdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, St. Regis mehmonxonasida ham bir necha italyan politsiyasi patrullari joylashgan, mehmon xonalariga kirishda kuchli nazorat amalga oshirilgan.

 

Tadbirga Oprah Winfrey, Tom Brady, Kim Kardashian, Mick Jagger, Leonardo DiCaprio, Katy Perry, Orlando Bloom, Ivanka Trump va Jared Kushner, Diane von Furstenberg, Barry Diller, Bill Gates kabilar taklif qilingan . Shuningdek, Bezos va Sanches tadbirlarga sovg‘a o‘rniga Venetsiyaning madaniy-hayati va ekologik manfaatlariga yo‘naltirilgan donorlik fondini tashkil etgan: CORILA, UNESCO Venetsiya idorasi va Venice International University jamg‘armasiga 3 million yevro ajratilgan.

 

Greenpeace va “No Space for Bezos” kabi ekofaol guruhlar bannerlar bilan chiqish qilib, “Agar Venetsiyani to‘y uchun ijaraga olish mumkin bo‘lsa, ko‘proq soliq to‘lansin” deya chiqish qilgan. Venetsiya meri va hudud rahbarlari esa bu to‘y shahar iqtisodiyotiga sezilarli daromad keltiradi, deb ta’kidlagan.

 

Jeff Bezos va Lauren Sánchezning Venetsiyada o‘tayotgan dabdabali to‘yida nafaqat xavfsizlik va mehmonlar tarkibi, balki shirinliklar ham alohida e’tiborda.

 

Marosim uchun maxsus tortni tayyorlash uchun dunyoga mashhur fransuz qandolatchisi Cédric Grolet tayinlangan. U gastronomik san’at olamida o‘zining noodatiy va bezakli desertlari bilan tanilgan bo‘lib, ayniqsa, ekler va mevasimon formatdagi tortlari bilan mashhur.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, to‘y uchun tayyorlanayotgan bosh desert — Grolet’ning muhriga aylangan gigant eklerli tort bo‘ladi. Unda mayda eklerlar badiiy uslubda piramida shaklida joylashtiriladi — nafaqat mazali, balki vizual jihatdan ham haqiqiy sahna asariga aylanishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика