AQSH Oliy Sudi Google‘ni sudga bergan oila daʼvosini ko‘rib chiqadi. 2015 yilda teraktda halok bo‘lgan amerikalik qizning oilasi qidiruv tizimini hodisada aybdor deb hisoblamoqda.
Ular Google‘ni xavfli axborot joylashtirishda ayblagan. Politico maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu sud ishi butun dunyoda tarmoqqa kontent joylashtirishga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi. Agar sud qidiruv tizimini unda ko‘rinadigan axborot uchun javobgar deb topsa, internet xavfliroq va yopiqroq bo‘lishi mumkin. Ayrim saytlar, hatto qatʼiy senzura o‘rnatishi ehtimoli bor.
Vafot etgan qizning oilasi 1996 yilda qabul qilingan telekommunikatsiyadagi tartib to‘g‘risidagi qonunning 230-bandi bilan himoyalanmasligi kerak. 230-bandga ko‘ra, internetda chiqarilgan har qanday kontentga tarmoq yoki repost qilgan shaxslar emas, balki g‘oya muallifi javob berishi kerak. Shu tariqa bu hujjat internet-platformani kontent uchun javobgarlikdan ozod qiladi.
Noxemi Gonsales 2015 yil noyabrida Parij teraktida halok bo‘lgan. uning oilasi Google, Facebook va Twitter‘ni terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda.


