1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikalik professor suv ostida yashash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

U talabalarga onlayn dars o‘tmoqda

Amerikalik professor suv ostida yashash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

 

Amerikalik tadqiqotchi suv ostida eng uzoq vaqt bosimsiz yashash bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Jozef Dituri Florida shtatidagi Key Largo shahrida deyarli 10 metr chuqurlikdagi lagunaning tubida 74 kundan ortiq vaqt o‘tkazdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, uning hali to‘xtash niyati yo‘q. Professor u yerda kamida 100 kun qolishini aytdi.

 

“Kashfiyotga bo‘lgan qiziqish meni bu yerga olib keldi. Maqsadim kelajak avlodlarni ilhomlantirish, ekstremal muhitda inson tanasi qanday ishlashini o‘rganish edi”, — deydi tadqiqotchi.

 

28 yil davomida dengiz flotida xizmat qilgan professor Dituri lagunada yashayotganda o‘zining biotibbiyot muhandisligi darslarini onlayn dars bermoqda. Xabarlarga ko‘ra, u mikroto‘lqinli pechda isitilishi mumkin bo‘lgan tuxum va qizil ikra kabi oqsilga boy ovqatlar isteʼmol qiladi. Shu vaqt davomida u eng ko‘p quyoshni sog‘inganini aytgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика