1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Amerikalik tadbirkor UEFA prezidentini sudga berdi

Prezident Shimoliy Amerikadagi ko‘rgazmali o‘yinga ruxsat bermagan.

Amerikalik tadbirkor UEFA prezidentini sudga berdi

 

Amerikalik tadbirkor Charli Stillitano UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin ustidan Shimoliy Amerikadagi Real, Barselona va Yuventus klublarining ko‘rgazmali o‘yinlari to‘xtatilgani uchun sudga murojaat qildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, Cheferin Stillitanoning Superligada ishtirok etib, UEFAni yo‘q qilishga urinayotgan jamoalar bilan hamkorlik qilishiga qarshi ekanini aytgan. Stillitanoning advokatlari Cheferinning xabarini tahdidli deb taʼriflagan.

Eslatib o‘tamiz, 12 ta jamoa ishtirokidagi Superliga 19 aprel kuni tashkil etilgan bo‘lsa-da, oradan ikki kun o‘tib 9 ta klub musobaqani tark etishini maʼlum qilgandi.

 

7 may kuni UEFA Superliganing sobiq ishtirokchilariga qanday jazo tayinlash borasida qaror qabul qildi. To‘qqizta klubning har biri Yevropa bo‘ylab futbol rivoji uchun 15 million yevrodan xayriya to‘lashi maʼlum bo‘ldi. Klublar, shuningdek, bir mavsumda UEFA musobaqalarida qatnashganliklari uchun daromadning 5 foizini tovon sifatida qaytarishga vaʼda berishgan.

 

Avvalroq, UEFA Angliyani jazolamoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика