1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Amir Temur izdoshlari" va "Jaloliddin Manguberdi vorislari" harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

"Amir Temur izdoshlari" va "Jaloliddin Manguberdi vorislari" harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi

 

Hukumat qarori bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Qaror bilan 2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi. Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi 5 bosqichda amalga oshiriladi:

 

  • 1-bosqich (3–7 yosh);
  • 2-bosqich (7–10 yosh);
  • 3-bosqich (11–17 yosh);
  • 4-bosqich (18–21 yosh);
  • 5-bosqich (22–30 yosh).


Qarorga ko‘ra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:

 

  • mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida "Ezgu amal" saxovat karvonlari tashkil etiladi;
  • "Amir Temur izdoshlari", "Jaloliddin Manguberdi vorislari" harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi;
  • yoshlar o‘rtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) "Shunqorlar" hamda "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика