1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amsterdamda dipfeyk bilan 46 ta bank hisobi ochib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi ijaraga uy qidirayotgan fuqarolardan pasport nusxalarini olib, sun’iy intellekt orqali jabrlanuvchilarning yuz qismlarini o‘z chehrasiga moslashtirgan.

Amsterdamda dipfeyk bilan 46 ta bank hisobi ochib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi

 

 

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda zamonaviy texnologiyalar yordamida firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 34 yoshli erkak dipfeyk texnologiyasidan foydalangan holda bank tizimlarini aldash sxemasini yo‘lga qo‘ygan.

 

Tergov jarayonida aniqlanishicha, gumonlanuvchi ijaraga uy qidirayotgan fuqarolardan pasport nusxalarini olgan. Shundan so‘ng u sun’iy intellekt orqali jabrlanuvchilarning yuz qismlarini o‘z chehrasiga moslashtirib, banklarning selfie-biometrik tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.

 

Mazkur usul orqali u jami 46 ta bank hisobini ochishga erishgan. Hozirda shaxs hibsga olingan, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va huquq-tartibot idoralari tomonidan keng qamrovli tergov ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика