1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Anchelottining seriyasi yakunladi

U ilk bor 2010 yilda mag‘lub bo‘lgandi.

Anchelottining seriyasi yakunladi

 

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2010 yildan beri ilk bor finalda mag‘lub bo‘ldi. Kecha Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

Italiyalik mutaxassis ustozlik qilayotgan jamoalar so‘nggi 13 yil davomida finalda mag‘lub bo‘lmagandi. Oxirgi marta shu kungacha 2010 yilning avgustida, Anchelotti boshchiligidagi “Chelsi” Angliya Superkubogida “Manchester Yunayted”ga yutqazgan edi.

 

Anchelottining muvaffaqiyatli seriyasi “Chelsi” bilan Angliya kubogida g‘alaba qozonganidan keyin boshlandi. Keyin murabbiy 2014 yilda Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan “Real”ni boshqargan.

 

Shundan so‘ng Anchelotti “Real” bilan Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Keyin murabbiy “Bavariya”ni boshqargan va u bilan ikki marta Germaniya Superkubogi finalida g‘olib chiqqan. “Real Madrid”ga qaytganidan so‘ng Anchelotti Chempionlar Ligasi, Ispaniya Superkubogi va Yevropa Superkubogi finallarida g‘alaba qozondi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика