Davlat Xavfsizlik Xizmati, Bojxona va Ichki Ishlar organlari xodimlari hamkorligida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilib, giyohvandlik vositalari savdosi oldi olindi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.
Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida 1991-yilda tug'ilgan, ilgari sudlangan shaxsga tegishli “BYD” avtomobil tekshirilgan. Salonda 6 dona poliester o‘ramlarda jami 5,946 kg mefedron topilgan. Modda Toshkent shahriga olib ketilayotgan bo'lgan.
Toshkent shahri, Chilonzor tumanida 2006-yilda tug'ilgan shaxs, qandolat mahsulotlariga yashirib yuborilgan 350 gr klefedronni olgan vaqtida qo‘lga olingan. Keyinroq uning sherigi – 1991-yilda tug'ilgan shaxs, yashash xonadonida 5,3 kg sintetik gigohvand moddalar, gashish va marixuana moylariga o‘xshash moddalar, elektron tarozilar, kolba va laboratoriya jihozlari bilan ushlangan.
Namanganda 1981-yilda tug'ilgan, ilgari sudlangan shaxs Qirg‘izistondan olib kelgan 1,023 kg geroinni shartli xaridorga 18 500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Sirdaryoda Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashivchi 3 shaxs “Cobalt” avtomobilida yashirin joyga 2,516 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib ketayotgan vaqtida ushlangan. Ushbu moddalar ilgari kuryerlar tomonidan “zakladka” tarzida qoldirilgan bo'lgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


