1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlari qo‘lga olindi

Mas'ul xodimlar DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlari qo‘lga olindi

Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori mansab vakolatidan suiiste’mol qilib, Oltiariq tumanidagi MChJga soliq tekshiruvini o‘tkazmaslik evaziga pora talab qilgan. U dastlab 500 AQSh dollarini olib, keyinchalik qolgan 2500 dollarni olayotgan vaqtda DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasi bosh inspektori ham shunga o‘xshash jinoyatga qo‘l urgan. U Jarqo‘rg‘on tumanidagi MChJni sayyor soliq tekshiruviga duchor qilish bilan qo‘rqitib, tekshiruvni to‘xtatish evaziga 2500 dollar pora olgan. Ayblanuvchi pulni olayotgan paytda DXX va Prokuratura organlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Har ikki holatda ham soliq xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud qarori bilan ularga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda har ikkala ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holatlar davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi kurash borasida keskin chora ko‘rilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика