AT “Xalq banki” Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va Sh.Sh.lar joriy yilning 16-25 iyul kunlari o‘zlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 mln so‘mni o‘zlashtirib olganliklari aniqlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Andijon viloyat filiali murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda maʼlum bo‘lgan.
Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi taʼminlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


