Andijonda 2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Bojhona xodimlari fuqaroni yirik miqdordagi oltinni noqonuniy tarzda olib o‘tayotgan vaqtida qo‘lga olishgan.

Andijonda 2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Andijon shahrida Davlat Bojhona qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hodisa fuqaro posilkani olayotgan paytda aniqlandi.

 

Jo‘natma ochilganda, umumiy og‘irligi 1 kg 138 g bo‘lgan 175 ta oltin buyumlari topildi. Ushbu buyumlarni olib o‘tayotgan shaxsda bojhona rasmiylashtiruvi va sifat hujjatlari yo‘q edi.

 

Olib qo‘yilgan narsaning dastlabki bahosi qariyb 2 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика