Andijon shahrida piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 34 yoshli fuqaro “Damas” rusumli avtomobil urib yuborilishi oqibatida jarohat oldi. Hodisa 15-dekabr kuni soat 10:10 atrofida Amir Temur shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi S.A. boshqaruvidagi “Damas” avtomobili tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 1991-yilda tug‘ilgan piyoda M.H.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


