1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Yana 4 kishi shifoxonada ekani aytilmoqda.

Andijonda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Joriy yil 21 oktyabr kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumani markazida yashovchi oilada gazdan zaharlanish sodir bo‘ldi.

 

Holat haqida 2 xil maʼlumot bor. Birinchisi uyga kelgan mehmonlar bilmasdan oshxonadagi metan gaz ballonini ochiq qoldirgan. Natijada tungi vaqtda uyga gaz to‘lgan va fojia sodir bo‘lgan. Ikkinchi variantda xonadondagi uzoq vaqt ishlamay turgan gaz trubalariga tungi vaqtda tabiiy gaz kelgan. Natijada xonadonda yashovchi erkak, uning o‘g‘li hamda ikki nafar mehmon (ayollar) gazdan zaharlanib vafot etgan. Xonadonda bo‘lgan yana 4 kishi kasalxonaga tushgan. Hozirda ularning sog‘ligi yaxshi.

 

Manbalarga ko‘ra, Jalaquduqdagi fojiada vafot etgan xonadon egasi tumandagi qishloqlardan birida imom xatib bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика