1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda 573 mln so‘mni o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi

U hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozgan.

Andijonda 573 mln so‘mni o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lumotlariga ko'ra, Izboskan tuman “O.X.” xususiy korxonasi rahbari O.X. va boshqalar tumandagi Naqshband ko‘chasining meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 573 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика