1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda 63 millionlik noqonuniy  pirotexnika  vositalari to‘xtatib qolindi

Tekshiruv davomida noqonuniy vositalar ortilgan avtomashina Andijon shahrida yashovchi 45 yoshli ayolga tegishli bo‘lgan.

Andijonda 63 millionlik noqonuniy  pirotexnika  vositalari to‘xtatib qolindi

 

Andijonda Milliy gvardiya hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari  hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Unda Mashrab ko‘chasida davlat raqami “60 R 871 QA” bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.  Mashina salonidan “TRENIYA” nomli 3 840 quti (211 200 dona) va 750 quti (7 500 dona)  “PETARDI” nomli  pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlangan.

 

Ularning umumiy qiymati 63 million so‘mga baholangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan va dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi 8800 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxsni ushlagandi. Shuningdek, Navoiyda XIX asrga tegishli tanga va qog‘oz kupyuralarni xorijga olib chiqib ketayotgan shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика