1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda bino tomi qulab tushdi

Viloyatda bugun kuchli shamol kuzatilmoqda.

Andijonda bino tomi qulab tushdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi tez tibbiy yordam shifoxonasi yonida bino tomi kuchli shamol oqibatida qulab tushgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, Jalaquduq tumani “Namuna” MFY Ilhom ko‘chasida joylashgan “Eldorfarm” MCHJga qarashli qurilishi tugallanmagan binosining 60 kvadrat metr tom qismi qulab tushgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.  1 ta texnika jalb etilib, bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика