1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda bir guruh shaxslar do‘kon egasini kaltakladi

Janjal ikki kishining og‘zaki tortishuvidan kelib chiqqan.

Andijonda bir guruh shaxslar do‘kon egasini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Marhamat tumanida bir guruh shaxslar mast holatda janjallashganligi aks etgan video tarqalib, uning izohida mazkur holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish so‘ralgandi. Holatga viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

aniqlanishicha, videoda aks etgan holat 2025 yilning 27 iyul kuni soat 18:58 da Marhamat tumani O‘zbekiston mahallasi Buyuk turon ko‘chasida joylashgan salqin ichimliklar do‘konida sodir bo‘lgan.

 

Fuqaro A.A. mast holatda do‘kon egasi A.B. bilan o‘zaro gap tortishib qolishi oqibatida o‘rtada janjal kelib chiqqan.

 

Sud-tibbiy ekspertizalarining tegishli xulosalarida fuqaro A.B.da sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelmaydigan yengil tan jarohati aniqlanganligi, fuqaro A.A.da esa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

 

“Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv yakuni yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi rasmiy izohda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика