Andijonda DXX va IIB xodimlari 16 yanvar kuni diniy ekstremistik tashkilot a’zolarini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda UzA axborot agentligi.
Aniqlanishicha, “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari bo‘lgan 12 nafar shaxs Andijon tumanida yashovchi fuqaroning xonadonida to‘planib, tashkilot faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik bilan shug‘ullanib kelgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ayollar hozirda Turkiyada bo‘lgan 1972-yilda tug‘ilgan ayol M.X. ning ko‘rsatmasi asosida tez-tez bir-birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yig‘ilishib, M.X.dan ijtimoiy tarmoqlar orqali «Hizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalari bo‘yicha saboq olib kelishayotgani ma’lum bo‘ldi.


