1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda erkak 5 yoshli ikki qizchani aldab, tilla ziraklarini yechib oldi

Jinoyatchi bolalarni muzqaymoq va’dasi bilan uzoqqa olib ketib, ziraklarini yechib olgan.

Andijonda erkak 5 yoshli ikki qizchani aldab, tilla ziraklarini yechib oldi

29-aprel kuni Andijon viloyati Andijon tumanining “Ayrilish” qishlog‘ida sodir bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lumot berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, erkak kishi uy yaqinida o‘ynab yurgan ikki nafar 5 yoshli qizaloqqa muzqaymoq olib berishni va’da qilib, ularni velosipedda taxminan 2–3 km uzoqlikdagi joyga olib ketgan. So‘ng, ularni qo‘rqitib, quloqlarida go‘yoki o‘rgimchak borligini aytgan va shu bahona bilan har biriga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 2 million so‘mdan ortiq bo‘lgan tilla ziraklarni yechib olgan.

 

Sud jarayonida ayblanuvchi qilgan ishidan chuqur pushaymon ekanini bildirib, ota-onalardan uzr so‘radi.

 

Sud tomonidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) asosida 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика