1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

DXX 42 mlrd. so‘mlik loyihani vaʼda qilgan shaxslarni qo‘lga oldi

Andijonda yo‘l qurilishi bo‘yicha yirik loyihani olib bermoqchi bo‘lganlar pora bilan ushlandi.

DXX 42 mlrd. so‘mlik loyihani vaʼda qilgan shaxslarni qo‘lga oldi

Andijon tumanida yashovchi, 1966-y.t. A.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1971-y.t. X.U. oʻzaro til biriktirib, yoʻl qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirishadi.

 

Ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yoʻlining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish boʻyicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd. soʻmning 10 foizini (4,2 mlrd. soʻm) berishini talab qilishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda A.B. soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика