1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda ikkita avtomashina YTHga uchradi

Oqibatda yo‘lovchi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Andijonda ikkita avtomashina YTHga uchradi

 

Kecha, 27 iyun kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.

 

Holat soat 22:30 larda Ho‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 457-kilometrida yuz bergan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi S.U. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasini Andijon–Xonobod avtomobil transport qatnov yo‘lining Andijon yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan qayrilishni amalga oshirayotgan vaqtida mazkur transport qatnov yo‘lida harakatlanib kelayotgan, 1987 yilda tug‘ilgan R.V. boshqaruvidagi FAR CAR MODEL rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

 

Oqibatda FAR CAR MODEL avtomashinasi yo‘lovchisi M.A. tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Ho‘jaobod tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика