1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda narkolaboratoriya tashkil qilgan 2 kishi ushlandi

Laboratoriyadan 1 million dollarlik giyohvandlik vositalari va 400 litr prekursorlar musodara qilindi.

Andijonda narkolaboratoriya tashkil qilgan 2 kishi ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari boʻyicha boshqarmalari hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida narkolaboratoriya faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yish bo‘yicha kompleks tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uz' ga xabar berdi.

 

Operatsiya davomida Telegram messenjeri orqali narkodiler tomonidan belgilangan manzillarga qoldirilgan, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda ishlatiladigan katta miqdordagi prekursorlar aniqlanib, operativ nazoratga olingan.

 

Tadbir davomida ushbu prekursorni olish uchun kelgan , Andijon shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan va ular tomonidan Andijon shahrining “Bog‘ishamol” mahallasida narkolaboratoriya tashkil qilinganligi aniqlangan.

 

Natijada, ushbu manzildan qora bozordagi umumiy taxminiy narxi 1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 26 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi hamda giyohvandlik vositalari tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar va kimyoviy moddalar, laboratoriya jihozlari, 10-20 litr hajmli yelim idishlar, kontenerlar, respiratorlar, rezina qo‘lqoplar va boshqa zarur anjomlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, qonunbuzarlardan biri ushbu dala hovlini internet narkodo‘kondagi kuratori tomonidan yuborilgan 15,8 ming AQSH dollari evaziga o‘z nomiga sotib olib, laboratoriyani jihozlash uchun 5 ming AQSH dollari sarflagan. Shu yil yanvar oyida esa 11,7 kg “Mefedron” narkotik moddasini tayyorlab, ko‘rsatmalar asosida yashirin joyga joylashtirgan.

 

Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan Chirchiq shahrida ijaraga olingan omborga 400 litr prekursorlar yashirib qo‘yilganligi ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Hozirda ularga nisbatan DxX Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan JK 273-moddasi 5-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot choralari qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика