1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda narkotik moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi "chollar" qo'lga olindi

Ulardan biri avval ham to‘rt marta sudlangan.

Andijonda narkotik moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi "chollar" qo'lga olindi

 

Andijon viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan uyushgan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh faoliyatiga qarshi tezkor tadbirlar amalga oshirildi. Operatsiya davomida ilgari to‘rt marta sudlangan 62 yoshli erkak va uning 53 yoshli sherigi giyohvand moddalarni sotishga uringan paytda qo‘lga olindi.

 

Tezkor tadbirlar davomida gumondorlarning avtomobilidan bir kilogramm gashish va 100 gramm opiat musodara qilindi. Shu bilan birga, Andijon viloyatida yashovchi 39 yoshli fuqaro boshqaruvida Lacetti avtomobilida 4 kishi bo‘lgan holat aniqlanib, o‘rindig‘i ostidan yana bir kilogramm gashish topilib hujjatlashtirildi.

 

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur uyushgan jinoyatchilik guruhi 2021-yildan beri Andijon va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritib kelgan va yiliga 40–50 kilogramm giyohvand moddalarni tarqatgan. Hozirda barcha a’zolarni aniqlash va hibsga olish bo‘yicha tezkor-tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика