Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 55 yoshli marhum hayotlik paytida muntazam ravishda spirtli ichimlik ichib, o‘zining to‘ng‘ich qiziga nisbatan shahvoniy tajovuzlar qilib kelgan.
Oqibatda qiz Rossiyaga ketib qoladi va o‘sha yerda ishlayotgan 22 yoshli ukasiga otasining harakatlarini aytib beradi. Otasining xatti-harakatlaridan g‘azablangan yigit 28-may kuni hech kimga aytmay Rossiyadan Qozog‘izton orqali uyiga kelib, o‘sha kuni yarim tunda otasining yotoqxonasiga kiradi va pichoq bilan uni o‘ldiradi.
Shundan so‘ng qilgan jinoyatini yashirish maqsadida otasining murdasini avtomobilga yuklab, Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tgan «Katta Andijon» kanaliga tashlab yuboradi. O‘zi esa tongda Qozog‘iston orqali Rossiya Federasiyasiga chiqib ketadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


