Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan aliment undiruvlariga alohida eʼtibor qaratilib, bu yo‘nalishda olib borilgan ijro harakatlari natijasida aliment pullari muddatidan oldin to‘lab berilishi taʼminlandi.
Jumladan, Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi F.Inomov ikki nafar farzandlari uchun aliment to‘lab kelayotgan edi. Dekabr oyida farzandlari uchun 204 mln so‘m miqdorida aliment pulini oldindan to‘lab berdi.
Ulug‘nor tumanida yashovchi J.Oripov ham sudning ijro hujjatiga muvofiq 2021 yildan buyon G.Xayrulina foydasiga bir farzandi uchun aliment to‘lovlarini amalga oshirib kelgan. Masʼuliyatini xis etgan ota bayram arafasida farzandini xursand qilish istagida 50 mln so‘m qarzini to‘lab yubordi.
Shu o‘rinda, barcha aliment to‘lovchi shaxslardan to‘lov intizomiga rioya etib qolishlarini so‘raymiz. Zotan, aliment to‘lovlari o‘z zurriyodingiz unib-o‘sishi, kelajagi uchun beriladigan mablag‘lardir.


