1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda pichoqbozlik bo’ldi

Hodisa oqibatida o’smir yigit vafot etgan.

Andijonda pichoqbozlik bo’ldi

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida pichoqbozlik sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy ma’lumot berdi.

 

Unga ko‘ra, hodisa 2026-yil 6-fevral kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yuz bergan. 17 yoshli o‘smir o‘zining tanishi bilan avval yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab janjallashgan va xo‘jalik pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan.

 

Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlangan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика