1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda “Ronaldo” boshchiligidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi

Guruh yetakchisi tadbirkorni o‘ldirish uchun 1 500 AQSH dollari evaziga qotil yollagan.

Andijonda “Ronaldo” boshchiligidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi

 

Joriy yilning 4-fevral kuni Andijon viloyatida yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs Andijon tumani Ichki ishlar bo‘limiga o‘ziga nisbatan uyushtirilayotgan suiqasd bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. U besh nafar jinoyatchilardan iborat guruh 1 500 AQSH dollari evaziga uni qasddan o‘ldirish uchun yollanganini maʼlum qilgan. Bu haqda Andijon IIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat Xavfsizlik Xizmati va prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Aniqlanishicha, 1984-yilda tug‘ilgan “Ronaldo” laqabli jinoiy guruh yetakchisi ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan sudlangan. U 2000-yilda tug‘ilgan, ilgari bir necha marotaba sudlangan yollanma qotilga tadbirkorni o‘ldirish evaziga 1 500 AQSH dollaridan dastlab 300 000 so‘mni berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Tezkor tadbir davomida “Ronaldo” laqabli shaxs boshchiligidagi guruh aʼzolari ham ushlangan. Ulardan biri 1984-yilda tug‘ilgan, Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, laqabi “Glavvrach”, shuningdek, laqabi “Baksyor” va boshqa shaxslar, jumladan 2003 yilda tug‘ilgan tibbiyot instituti talabasi ham ushlangan.

 

Hozirda ushbu jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasining ikkinchi qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика