1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda transformator portlab ketdi — video

Mazkur holat yuzasidan «Hududiy elektr tarmoqlari» viloyat hududiy filiali munosabat bildirdi.

Andijonda transformator portlab ketdi — video

 

Mazkur holat yuzasidan «Hududiy elektr tarmoqlari» viloyat hududiy filiali munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Andijon shahar elektr taʼminoti korxonasi tezkor chiqish brigadasi tomonidan 110/35/6 kV «Yayilma» PSdagi 6 kV «Yuldosh» fideridan chiquvchi 2-kichik dahada joylashgan 155-sonli transformator punktida 25 dekabr kuni soat 20:50 da nosoz transformator o‘rniga zaxiradagi transformator punktiga almashtirilib ishga tushirilayotgan vaqtda transformatorning 0,4 kV tomonidagi ajratkichda qisqa tutashuv yuz bergan.

 

Hodisa oqibatida 6 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi 380 ga yaqin aholi elektr taʼminotidan uzilgan.

 

«Hozirda tezkor chiqish ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Tez fursat ichida ushbu hududda yashovchi aholi xonadonlarini elektr taʼminoti to‘liq tiklanadi», — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика