2-dekabr kuni soat 22:33 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati, Andijon tumani, “Kurama” MFY, Serfayz koʻchasida joylashgan aholi yashash xonadonida yong‘in yuz bergani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushdi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bilan soat 22:44 da hodisa joyiga yetib bordi. Yong‘in soat 22:49 da oʻrab olingan va soat 23:30 da to‘liq oʻchirildi.
Yong‘in natijasida yashash uyining shift, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan shaxslar haqida xabar kelib tushmagan.


