1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs qo'lga olindi

Xonadondan “Alfa-PVP” va “Tropikamid” moddalarini tayyorlashga mo‘ljallangan vositalar topildi.

Andijonda uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs qo'lga olindi

 

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Tadbir davomida Asaka tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 1 dona nomsiz sprey idishidagi noma’lum suyuqlik hamda 2 dona nomsiz dori vositasi aniqlanib, vaqtincha saqlovga olindi.

 

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, Ho‘jaobod tumanidagi ushbu shaxsga tegishli xonadon ko‘zdan kechirilganda, mazkur manzilda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.

 

Xonadondan sprey idishlardagi noma’lum suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda narkotik moddalarni tayyorlashda foydalaniladigan maxsus anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan moddalar “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi hamda “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi modda ekanligi tasdiqlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan narkolaboratoriya egasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика