1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda xizmat vaqtida halok bo‘lgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Avvalroq Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektori mast fuqaro tomonidan pichoqlanib halok bo‘lgandi. Uning vafotidan bir necha kun o‘tib, gumonlanuvchi qabristondan topilgandi.

Andijonda xizmat vaqtida halok bo‘lgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Bugun, 8 iyul kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan, Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilasi bilan uchrashgan.

 

Viloyat rahbari marhumning onasiga hamdardligini bildirib, uning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan ulkan hissasini eʼtirof etgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Abdurasul Abduvaliyevga vafotidan so‘ng berilgan “Jasorat” medali oila aʼzolariga topshirilgan.

 

“Uchrashuv davomida qahramonning yuksak fazilatlari, xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика