Andijon viloyatida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan yer maydonini olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida Prokuratura Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ma’sullar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.K. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaro D.E.ga Andijon shahri, yoshlar kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini 46 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 25 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


