1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda “zamdirektor” o‘quvchiga tegajog‘liq qilgani aytilmoqda

Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Andijonda “zamdirektor” o‘quvchiga tegajog‘liq qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatida maktab direktorininf o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabiga 1957 yilda tug‘ilgan ayol kelib, muassasa maʼmuriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

 

O‘z murojaatida uning nabirasi, 6-sinf o‘quvchisiga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. tegajog‘lik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan.

 

Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика