1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijondagi choyxonada yong‘in chiqdi

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Andijondagi choyxonada yong‘in chiqdi

 

Bugun, 21-yanvar kuni Andijon viloyatining Andijon tumanidagi choyxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

       

Qayd etilishicha, soat 14:41 da Andijon tumanining Qo‘shariq dahasida joylashgan choyxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da qurshab olingan va soat 15:00 da bartaraf etilgan.

 

Yong‘in natijasida choyxonaning taxminan 70 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика