Andijon viloyatining Shahrixon tumanida joylashgan xususiy shifoxonada 11 fevral kuni gaz portlashi sodir bo‘lgani oqibatda bir kishi vafot etgani xabar berilgandi.
Halok bo‘lgan shaxs Qirg‘iziston fuqarosi ekani maʼlum bo‘ldi.
Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan 56 yoshli fuqaroning jasadi yaqin qarindoshlari tomonidan Qirg‘izistonga yetkazilgan.
Voqea 11-fevral kuni soat 11:30 da Chinobod ko‘chasida joylashgan 3 qavatli “Ziteriya” MCHJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida yuz bergandi. Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan, 11 nafar kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergelida ishchilar yotoqxonasida gaz portlagani haqida xabar berilgandi.


