1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijondagi turmada mahbus vafot etdi

Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Andijondagi turmada mahbus vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati IIB 3-son tergov hibsxonasida mahkum olgan tan jarohati bilan vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV JIED Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 21-mart kuni tergov xibsxonasida saqlanayotgan ikki mahbus o‘zaro janjallashib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan. 

 

Mojaro oqibatida mahbuslardan biri tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramay, vafot etgan. Yana bir mahbus muassasaga qarashli kasalxonada davolanmoqda.

 

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика