1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Angela Merkel Polshaga qilgan tashrifida Belarusni yana bir marta ogohlantirdi

Angela Merkel Polshaga qilgan tashrifida Belarusni yana bir marta ogohlantirdi.

Angela Merkel Polshaga qilgan tashrifida Belarusni yana bir marta ogohlantirdi

 

Germaniya kansleri Angela Merkel Belarusga qochqinlar masalasida murojaat qildi.

 

Germaniya kansleri murojaati uning Polshaga qilgan tashrifida yangragan. Merkel Belarus bilan qo‘shni mamlakatlar chegarasidagi qochqinlar haqida gapirar ekan, vaziyatni "gibrid xujum" sifatida baholadi. Uning taʼkidlashicha, yordamga muhtoj insonlar orqali bu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirish maqbul yo‘l emas.

 

Xususan kansler: "Biz hozirda sharqiy chegaralarda qochqinlar vositasida uyushtirilayotgan bosimlar, gibrid hujumlarga guvoh bo‘lyapmiz. Bu Litva va Polshadagi vaziyatga taalluqli. Biz qochqinlarga gumanitar yordam taqdim etishimiz, shu bilan birga Yevropa tashqi chegaralarini himoya qilishimiz zarur", — deya qayd etgan.

 

Bundan avval Polsha va Litva Yevropa Ittifoqiga Belarusga nisbatan yana-da keskin sanksiyalar joriy etishni so‘rab murojaat qilgan. Ularning fikricha, Yevropadagi yangi migratsion inqirozga Minsk sabab bo‘lmoqda. Belarusga nisbatan 2021 yilning mayida kiritilgan sanksiyalarga javoban Prezident Aleksandr Lukashenko bundan buyon birorta qochqinni mamlakatda ushlab turmasligini maʼlum qilgan. Shundan keyin YEI sharqida migrantlarning yangi oqimi paydo bo‘ldi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Polsha chegarasini noqonuniy buzib o‘tish holatlari keskin oshgani xabar qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика