1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Angela Merkelni tunab ketishdi

Soqchilar sobiq kanslerni himoya qila olmagan.

Angela Merkelni tunab ketishdi

 

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel o‘g‘rilar hujumiga uchradi. Voqea Berlin supermarketlaridan birida u xarid qilishga kirganida yuz bergan.

 

Politsiya 67 yoshli ayoldan shikoyat tushganini tasliqlagan, ammo ish bo‘yicha maʼlumotlarni sir saqlamoqda.

 

Xabar qilinishicha, Angela Merkel kamida bir nafar soqchi hamrohligida Sharlottenburg tumanidagi supermarketgan kirgan. Shopping qila turib u o‘z sumkasini savatga osgan. Faqat to‘lov uchun kassaga kelgandagina Merkel sumkasidangi hamyoni yo‘qolganini sezgan. Hamyonda puldan tashqari sobiq kanslerning hujjatlari va bank kartalari ham bo‘lgan.

 

Politsiya do‘kondagi kuzatuv kameralari yozuvini ko‘rib chiqdi, ammo jinoyatchi professional harakatlanib yuzini berkita olgan. Qariyb 16 yil Germaniya kansleri lavozimida faoliyat yuritgan Angela Merkel hozirda 15 ming yevro pensiya oladi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика