1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Angren IESda nozoslik yuz berdi

Hodisa joyiga vazirlik rahbariyati yetib borgan.

Angren IESda nozoslik yuz berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Amirsoy”da elektr energiyasida uzilish bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, “Amirsoy”ga qarashli elektr qurilmada nosozlik yuzaga kelgan va dor yo‘lining to‘xtashiga sabab bo‘lgan. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilgan.

 

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda ushbu nosozlik oromgoh mas’ullari tomonidan bartaraf etilib, dor yo‘li qayta ishga qo‘yilgan.

 

Shuningdek, bugun Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasining energoblokida nosozlik yuzaga kelgan. Ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida Energetika vaziri boshchiligida vazirlik rahbariyati zudlik bilan mazkur stansiyaga yetib borgan.

 

Nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha maxsus brigada tashkil etilgan va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi.

 

Hozirda Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, shuningdek, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика