1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Angrenda yuz bergan dahshatli avtohalokat qurbonlari soni ochiqlandi

Hukumat komissiyasi voqea tafsilotlarini oʻrganmoqda.

Angrenda yuz bergan dahshatli avtohalokat qurbonlari soni ochiqlandi

7-sentyabr kuni soat 12:20 atrofida Toshkent viloyati, Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent–O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida yirik avtohalokat sodir bo‘ldi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sement yuklagan yuk avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, temiryo‘l kesishmasida turgan ikki yuk mashinasi va beshta yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida yong‘in kelib chiqqan, u voqea joyiga yetib kelgan maxsus xizmatlar tomonidan tezkorlik bilan o‘chirilgan.

 

Baxtsiz hodisa oqibatida 7 fuqaro voqea joyida vafotetgan. Shuningdek, 5 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, 4 nafar fuqaro esa dastlabki tibbiy yordamdan so‘ng uyiga javob berildi.

 

Hodisa yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgan bo‘lib, vaziyat Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика