“Anonymous” xakerlar guruhi Rossiya Markaziy bankining 28 Gb hajmdagi maʼlumotlarini ommaga eʼlon qildi. Bu haqda xakerlarning Twitterdagi sahifasida ma'lum qilingan.
Bundan tashqari, ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaat yo’llashib, uning ostiga “xalq o‘z hukmdoridan qo‘rqmasligi kerak, hukmdor o‘z xalqidan qo‘rqishi kerak” deb yozib qo’yishgan.
“Endi biz Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining minglab hujjatlarini, barcha turdagi operatsiyalarni, farmonlarni, hisobotlarni nashr etamiz. Odamlar Rossiya iqtisodiyoti aslida nima ekanligini bilib oladi. Deklaratsiyalar, yozishmalar, boshqa davlatlar bilan imzolangan savdo shartnomalari, sirlari shular jumlasidan. Rus oligarxlari, sizning maxfiy videolaringiz va ilovalaringizni bilamiz. Biz sizning saroyingizdamiz, biz siz ovqatlanadigan joydamiz, biz sizning stolingizdamiz, biz siz uxlayotgan joydamiz”, deyiladi xakerlar qoldirgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 24-mart kuni “Anonymous” Rossiya moliyaviy regulyatori maʼlumotlar bazasini buzib kirgan va yaqin orada uni ommaga eʼlon qilishga vaʼda bergan edi.


