Antarktidada suvosti sunamisi qayd etildi. Bunga aysberglarning muzlikdan ko‘chishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Science Advances jurnalida eʼlon qilingan maqolada qayd etilishicha, bu jarayon okean yuzasidagi suvlarning global aralashishiga olib keladi. 2020 yilning 21 yanvar kuni Antarktida yarimoroli qirg‘oqlari yaqinida Uiyam muzligining ajralishi sodir bo‘lgan edi. Yo‘qotilgan muzlikning aniq hajmi maʼlum bo‘lmasa-da, olimlar dengizga 20-30 million kub metr muz chiqib ketganini qayd etishgan. Okeanga esa 0.6-2.4 trillion Joul energiya ajralgan. Uilyams muzligida bu kabi holatlar har yili 1-2 marta takrorlanadi. Aysberglarning ajralib chiqishiga global iqlim isishi sabab bo‘lyapti.
Joriy yilgi ko‘chishlar Britaniyaning RRS James Clark Ross tadqiqot kemasida kuzatib borilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra. Muzliklar ajralib chiqishi butun qirg‘oqdagi suvlarning aralashib ketishiga va suv yuzasidagi haroratning ko‘p xollarda bir xil ko‘rsatkichga kelishiga sabab bo‘lgan.
To‘plangan maʼlumotlar suvosti sunamilari tufayli suvlarning bir-biriga qo‘shilib ketishi yuz berganini tasdiqlagan.


